Artistlar va ayniqsa boshlovchilarning so‘nggi paytlar to‘y bilan bog‘liq lafzsizligi xaqida eshitmoqdamiz. Xammasiga sabab albatta “pul o‘lsin” masalasi.
-Tanishlar orqali gaplashilgan artist yoki boshlovchilarni albatta narxini sal tushirib, moslashtirib o‘rtada turib aytamiz, biroq oldindan yozdirib qo‘yilganiga qaramay va goxo “zaklad”ini xam olganiga qaramay ishtirok etishi kerak bo‘lgan to‘ydan voz kechib, ayrim xollarda esa (naglo) bemalol shartta “Xa o‘zingiz tushunasizku, sal ko‘proq beradigani chiqdi!” deb to‘ppa-to‘g‘ri tushuntirish xollari ko‘paymoqda. Aksariyat xollarda esa artistlar va boshlovchilarning birdaniga to‘ydan voz kechib “zaklad”ni qaytarishi zamirida aynan mana shu sabab yotadi. Albatta ko‘pchiligi boshqa baxona qiladiyu, aslida qimmatroq pul beradigani chiqsa, shartta undan avval va’da qilinganiga rad javobi berilmoqda-deb kuyunib gapiradi to‘yi ko‘p va bu xolatdan ko‘p aziyat chekkan bir xonanda.
Albatta bu borada artist va boshlovchilarning tanlash xuquqi o‘zida, biroq lafzchi? O‘zingni tanishing oldidagi bu munosabatdan keyin san’at olamida rosti xam qanday yana do‘stlik bo‘lishi mumkin?
Bir-biri bilan gaplashmaydigan xonanda qizlarning ro‘yxati deyarli xar mavsumda yangilanib turgan bir paytda erkak san’atkor va boshlovchilarda qanday unda do‘stlik yo elementar munosabat bo‘larkin? Xurmatam bor buyoqda...
Qizlarniki-ku tushunarli “didi-didi” va “man qandoki”, “mandan qaytarvotti” mavzusi sabab bo‘lsa erkaklarda lafz yo‘qolishiga pul sabab bo‘lmoqda.
Boshqa tarafdan va eng asosiysi - to‘y qilayotganlar niyat qilgani xisobga olinmay, ularning istagi lavfsizlik qurboni bo‘lmoqda.
To‘yga kelishidan avval artistlar “zaklad” olgach, mabodo to‘y egalari fikrini o‘zgartirsa, “zaklad” kuygan xisoblanishini artistlar aytishadi. Yoki to‘y kuni xattoki o‘sha “zaklad”i birrovga kelishiga to‘langan artistga navbat tegishida murakkab xolatlar bo‘lganida ayrim burnini uchida g‘azabi bo‘lgan artistlar “Mana keldimmi? Keldim! Navbat yo‘q, men shoshyapman, uzr!” deb ketib qolish xolatlari xam yo‘q emas. Juda kam ammo bor xolatlar. Va bunda oldindan berilgan “zaklad” xam kuydi deb turib olisharkan. To‘y qilayotgan va pulga kuyayogan (shundoq xam to‘y tashvishlari bilan mingta muammodagi) to‘y egalari artist ketidan yugurib yalinib, yolvorib qaytarish payida sarson bo‘lmoqda.
Shuning uchun xurmatli to‘y qilayotganlar! To‘yingizga artist yoki boshlovchilarni taklif qilayotganingizda, oldindan “zaklad” berayotgan payti “Mabodo to‘yga biron sababdan kela olmasang , yoki pulni olib bo‘lib birozdan keyin rad javobini bersang “zaklad”ni ikki barobar qaytarasan!” degan shartini qo‘ying.
O‘sha birrovga kelganida navbat talashish muammosi xam o‘zingda, etildingmi xizmatingni qilasanu ketasan, mabodo ketib qolsang “zaklad”ni ikki baravar to‘laysan-deb OLDINDAN kelishib oling!
Umuman, “zaklad”ni o‘zi to‘yga kelib, xizmat qilib ketganidan keyin berilsa xam bo‘lardi. Ja oshvotti bo‘lmasa ko‘pchiligi.
Lafz xaqidagi maqolaning xullasi:
Pul keladi, ketadi, Xudo xammani rizqini beradi, biroq ayni shu kamida xislati bordir? Ikki yo‘l tanlovi xikmati yodingizdadir?
Ko‘pi xamisha ko‘p, semirgan xam tezroq ozay deb xarakatga tushadi mana shu real ko‘rinishdagi nuqson xam ibratdir deyman-da!
Artistmi boshqami xammamiza odammizayu...
Pul o‘lsin...lafzchi? Bu narsa soxada emas xamma insonlarda bo‘lishi kerak bo‘lgan narsaku.
Lafzi xalolning puli xam, oshi xam xalol bo‘lsa kerak.
Бу ерда у артисиларни айби ёк айб отасини пулига керилиб юрганларда улар пулни каердан келаётганидан бехабар холда узларича МЕН ТУЙИМГА пАЛОЧИНИ пАЛОНЧИ ДОЛЛАРГА ГАпЛАШДИМ ВА РАЛОНЧИ РЕСАРАНДА БУЛАДИ деб узларини узлари ейябди. буни курганлар У КИЛГАН НАРСАНИ МЕН УНДАН ХАМ ЯХШИ КИЛАМАН деб борини тикишябди.