IShID Suriya va Iroqdagi banklardan 1 milliard dollargacha o‘g‘irlagan
IShID terroristik guruhi jangarilari Suriya va Iroqdagi banklarda saqlanayotgan 1 milliard dollargacha pub mablag‘larini talon-taroj qilgan bo‘lsa, qora bozorda neft sotish orqali 500 million dollar boylik orttirgan. Bu haqda AQSh Moliya vazirligining yuqori lavozimli vakili Adam Shubin ma’lumotiga asoslanib Reuters xabar bermoqda.
“IShID qora bozorda neft pullab 500 million dollargacha pul ishlab topmoqda, - dedi u. Shubin jangarilar Suriya va Iroqda qo‘lga olingan banklardan 500 milliondan 1 milliard dollargacha miqdordagi pullarni o‘zlashtirganligini qo‘shimcha qildi.
Uning qayd etishicha, terroristlar yana millionlab dollarlarni aholidan zo‘rlik yo‘li bilan tortib olgan.