Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Garovdagi Lionel Messi terrorchilar qo‘lidan ozod etildi (video)



Iroq kurdlarining “Peshmerga” guruhi Lionel Messi ismli bolakayni ikki yildan buyon mazax qilib kelayotgan IShID qo‘lidan xalos etdi.
 
Urush vaqtida yosh bolalarning hayot kechinmalarini katta yoshdagi odamlar tushunishi mushkul, lekin bu holat ularning ongida o‘chmas iz qoldirishi shubhasizdir.  Bunday fikrlar 2014 yilda bo‘lib o‘tgan hodisa bilan ham isbotlanadi, ya’ni IShID jangarilari Singar vodiysini bosib olishganida 2 yoshli chaqalog‘i bor oilaga hujum uyushtirishdi. Jangarilarning dunyoqarashi bo‘yicha bolakayning ota-onasi farzandiga “noto‘g‘ri ism quygan”, ya’ni — Lionel Messi. Bolaning ota-onasi shunchaki argentinalik futbolchiga havas qilib farzandiga uning nomini bergandi.
 
IShID jangarilari bolaning ismini Hasan deb o‘zgartirishni talab qilishdi va hattoki talablarini bajarish uchun oila kattalari ustidan kulib, ma’nan azob berishdi. 2016 yil oktabr oyida “Peshmerga” guruhi shaharni terrorchilardan ozod etdi va bolakayni terrorchilar qo‘lidan xalos qildi.
 
Ayni paytda bolakay qochoqlar uchun ajratilgan qarorgohda yashamoqda. U o‘tmishini unutishga harakat qilyapti, lekin ismini aytishga hali-hanuz biroz qiynaladi. Jangarilar qisman bo‘lsa-da, niyatlariga yetishishdi. Ammo ota-onasi o‘g‘lining ismi o‘zgartirilishiga qarshi.




Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 6120 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Iroq, terrorchi, IShID
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 23:14
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное