O‘zbekiston milliy termasi Toshkentda Eronga mag‘lub bo‘ldi
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida Eron milliy terma jamoasiga qarshi bahs olib borib, kichik hisobda imkoniyatni boy berdi. Bu haqda Uff.uz xabar bermoqda.
“JCH-2014 saralashidagi Toshkentdagi holat qayta takrorlandi. Eron terma jamoasi o‘yinning so‘nggi daqiqalarida gol kiritib, g‘alabani ilib ketdi”, – deyiladi xabarda.
Championat.asia’ning xabar berishicha, Eronga g‘alaba keltirgan yagona gol hakam tomonidan uchrashuv asosiy vatqiga qo‘shib berilgan daqiqalarda Sardor Azmun tomonidan urildi.
Ma’lumot uchun, mazkur o‘rtoqlik uchrashuvi 16-iyun kuni Shimoliy Koreyaga qarshi o‘tkaziladigan JCH-2018 saralash o‘yini oldidan tayyorgarlik vazifasini o‘tadi.