Eron yadroviy dasturi bo‘yicha kelishuv 10 yil muddatga amal qiladi
"Katta oltilik" hamda Eron o‘rtasida yadroviy dastur bo‘yicha amalga oshirilgan kelishuv bandlarining asosiy qismi 10 yil davomida amalda bo‘ladi. Bu haqda TASS nashrida xabar yozilgan.
"Biz bu kelishuv paragraflarining asosiy qismini 10 yil muddat uchun imzoladik", deb ma’lum qiladi muzokaralarda qatnashgan Eron TIV delegatlaridan biri.
Uning aytishicha, ba’zi bandlar 25 yilgacha amal qilishi ko‘zda tutilgan.
Rasmiy Tehron bu kelishuv yaqin 2 oy ichida amal qila boshlashini ma’lum qilgan.