Eronda koronavirusdan bir sutkada 129 nafar inson qurbon bo‘ldi: mamlakatda epidemiya tarqaganidan beri jami yo‘qotishlar 853 nafarga yetdi, bu haqda bugun, 16 mart kuni «Associated Press» agentligi xabar berdi. Mamlakatda shu paytgacha koronavirus bilan qariyb 15 ming kishi kasallandi. Fors OAVlari xabarlariga ko‘ra, COVID-19 ga chalinganlarning deyarli 5 ming nafari sog‘ayib ketgan. Eron sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga qarshi kurashishning yagona chorasi sifatida zarurat bo‘lmaganida uydan chiqmaslikni tavsiya etmoqda. Ma’lumot uchun: Eron koronavirus bilan kasallanganlar va halok bo‘lganlar soniga ko‘ra Xitoy va Italiyadan keyin uchinchi o‘rinni egallab turibdi.