Eronda sodir bo‘lgan zilzila natijasida 250 kishi jarohatlandi
18-avgust kuni Eronning g‘arbiy provinsiyalarida sodir bo‘lgan 6,1 magnitudali zilzila natijasida Abadan shahridagi aloqa markazi vayron bo‘ldi. Shuning uchun ham tabiiy hodisa qurbonlari va yetkazilgan zarar haqida aniq ma’lumot olishning iloji yo‘q, deb qayd etdi “ITAR-TASS” agentligi “RIA Novosti”ga asoslanib.
Hozircha Murmuri tumanining 250 nafar aholisi jarohatlangani ma’lum. Zilzilaga duchor bo‘lgan provinsiyalardan birining hokimi Majid Asqariy Abadan shahridagi qishloq xo‘jaligi yerlariga jiddiy zarar yetganini ma’lum qildi.
Eronning “Islom respublikasi axborot agentligi” (Islam Republic News Agency) bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Ilam provinsiyasidagi Abdanan shahri yaqinida joylashgan 11 qishloqdan sakkiztasi vayron bo‘lgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, yer qimirlashi hozirga qadar sezilmoqda.
Ma’lumot uchun, Eron joylashgan hududdagi yer qobig‘i bir necha katta parchalarga bo‘lingani bois mamlakatda tez-tez zilzila kuzatilib turadi.