Eron neft vaziri Bijan Zangane Eron islom respublikasi xom ashyo narxi qancha bo‘lishidan qat’i nazar, neft bozoriga chiqishga tayyor ekanini ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Reuters.
“Garchi qimmatroqqa sotishni istasak ham, qancha narxda bo‘lmasin, neft sotishni mo‘ljallayapmiz”, – dedi Zangane.
U Eron sanksiyalar bekor qilinganidan so‘ng jahon bozoriga kuniga 1 million barrelgacha neft yetkazib berishga tayyor ekanini ma’lum qildi.