Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Kuz ertagi-soundtreck
. Sevgi iztirobi - Soundtreck (Turk serial)
. Qirolicha - Soundtreck (Mishel xonim)
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck 2
. IRIS-soundtreck [New 2012]
. Qish Sanatasi-Soundtreck2
. Vorislar - Loves Moment (serial korea)
. Yoz Ifori - Soundtreck
. Oppog'oy Zamonaviy talqinda-Белоснежка.2012 (soundtreck)
. Ko'sem - Safiye nin cenazi (Turk serial)
. Yoz Ifori-Soundtreck
. Sevgi Iztirobi - Nihan Muzurluk Peinde
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Samomiy Ishq-soundtreck
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Sensizlik
Главная » Файлы » FOYDALI MASLAXATLAR

Qanday qilib allergiyani dori vositalarisiz yengish mumkin?

Yoz fasli kelayotgani munosabati bilan chang, maysa, shahar changi va boshqa narsalardan qo‘rqayotgan insonlardan biri bo‘lsangiz, mazkur maqola aynan siz uchun. Unda biz qanday qilib dorilarsiz allergik reaksiyani kamaytirish va ushbu yoqimsizliklar to‘g‘risida umuman esdan chiqarish to‘g‘risida suhbatlashamiz.
Uzoq kutilgan may oyi davom etmoqda va ko‘pchilik issiq kunlar boshlanganidan xursand. Kimdir esa bu paytni gullaydigan o‘simliklarga allergiyasi borligi tufayli dahshat bilan qarshi oladi. Albatta, ularni tushunish kerak. Kimga ham doimiy burun bitishi va yoshlangan ko‘zlar bilan yurish yoqardi? Yana bir variant esa tongdan kun botgunga qadar uyqu holatida yurish (dori vositalari qabul qilishning nojo‘ya ta’siri). Ba’zida esa burun bitishi bilan yurishga to‘g‘ri keladi. (Agar antigistamin xab dorilar kutilganidek natija bermasa).
Men esa sizlarga uchinchi variantni taklif etaman. Dori vositalarini qabul qilmay, boshqa yo‘l bilan borish – oziqlanish tarkibini o‘zgartirish va unga ba’zi vitamin vositalarini qo‘shish.
Ovqatlanish va mineral va vitaminlarning nima aloqasi borligini tushunish uchun, keling, allergiya o‘zi nimaligini o‘rganib chiqamz.
Oddiy til bilan tushuntirilganida, allergiya – organizmimizning tashqi “dushmanlar”: chang, jun, o‘tlar, oziq-ovqat mahsulotlari, uy-ro‘zg‘or kimyosi (ko‘pchilik uyni tozalaganidan keyin qo‘llar qichishishni boshlashini biladi)dan himoyalanish jarayonidir.
Allergiyaning ko‘plab turlari mavjud. Olimlar aniqlagan yana bir o‘ziga xoslik - yuqori darajada rivojlangan mamlakatlar aholisi allergiyadan ko‘proq aziyat chekishar ekan. Buni esa quyidagicha tushuntirish mumkin.
Immun tizimimiz ikki qismga bo‘linadi: bittasi viruslar bilan, boshqasi bakteriya va parazitlar bilan kurashadi. Aynan ikkinchisi allergiya chaqiradi. Agar immunitetning qaysidir qismi kamroq harakat qilsa, u zerikishni boshlaydi va o‘ziga vazifa o‘ylab topadi. Shuning uchun infeksiyalarga qarshi tozalashlardan keyin bakteriyalar qanchalik kam bo‘lsa, allergiyaning rivojlanish imkoniyati ham ortadi. Zamonaviy rivojalangan jamiyatlarda parazitlar ham juda kam.
Kam rivojlangan mamlakatlarda aksincha bakteriya va parazitlar g‘ij-g‘ij, shuning uchun aholi immunitetining javobgar bo‘lgan qismi band va u yangi dushmanlarni izlab o‘tirmaydi. O‘z-o‘zidan, allergiya ham ularda kam uchraydi. Aynan shu kashfiyot tufayli dunyodagi qaysidir mamlakatda cho‘chqalardagi lentasimon gijjalar solingan kapsulalar sotilmoqda! Jirkanch, biroq fakt: bunday kapsulani qabul qilgandan so‘ng har qanday allergiya izsiz yo‘qoladi.
Sizni tinchlantirmoqchiman. Cho‘chqalardagi lentasimon gijja solingan kapsulalarni taklif qilmayman. Quyida keltirilgan ro‘yxatdan bir-ikkitasini olishingiz mumkin, biroq ularning barchasidan bir vaqtning o‘zida foydalanishni maslahat beraman. Ro‘yxatdagi punktlarni qanchalik tez amalga oshirsangiz, o‘zingizni ancha yengil his qilasiz.
Shuni ma’lum qilamanki, bu usullar ta’siri ko‘plab insonlarda sinalgan. Yaqinlarim va parhez bo‘yicha mijozlarda ham. Ko‘pchilikda allergiyaning belgilari ancha kamaydi, ba’zilar esa uning qachonlardir mavjud bo‘lganligini ham unutishdi.
Demak, nima qilishimiz kerak?
Ovqatlanish rasionidan barcha sutli mahsulotlarni chiqarib tashlang
Gap shundaki, sut organizmimiz tomonidan yomon o‘zlashtiriladi. Sababi faqatgina laktoza (sutdagi qand)da emas, aynan sut oqsilidadir. Aynan u yomon prchalanadi. Agar u hazm qilish jarayonida alohida peptidlarga ajralmasa, u holda bunday qismlar guruhi immun tizimimiz tomonidan xavf sifatida qabul qilinadi. Aynan shu tufayli organizm allergik reaksiyani ishga tushiradi yoki mavjud bo‘lganlarini kuchaytiradi (chang, o‘t va b. narsalarga nisbatan mavjud bo‘lgan allergiya)
Sut mahsulotlarini voz kechish esa bir necha haftadan so‘ng yaxshilanishni kafolatlaydi, ba’zida esa undan oldinroq muddatda ham natija yaqqol namoyon bo‘ladi.
Organizmingiz ko‘tara olmaydigan glyuten va boshqa mahsulotlardan voz keching.
Nima uchun?
Ko‘plab tadqiqotlar oziq-ovqatga bo‘lgan allergiya boshqa allergiya turlari bilan o‘zaro bog‘liq ekanini aytishgan. Yomon hazm bo‘ladigan mahsulotlarni iste’mol qilish orqali siz o‘zingizni xatarga qo‘yasiz. Ayniqsa, sizda allergiyaga moyillik bo‘lsa.
Nima uchun eng avvalo sut va glyuteni bor bo‘lgan mahsulotlarni rasiondan chiqarib tashlash tavsiya etiladi? Chunki aynan u inson tomonidan yomon hazm qilinadigan mahsulotlar ro‘yxatida yetakchilik qiladi. Gap yana donli mahsulotlardagi qiyin hazm bo‘ladigan oqsil (glyuten)ga borib taqaladi. Aynan shuning uchun hozirgi kunda glyuten omma tanqidiga uchramoqda.
Sut va glyutenni yaxshi ko‘tara olish yoki olmaslikni qanday tekshirib ko‘rish mumkin?
Juda oson: ularni 4-6 haftaga (undan ko‘p emas!) rasiondan chiqarib tashlang, keyin esa asta-sekinlik bilan yana rasionga kiriting. Faqat bitta-bittadan.
Misol uchun, beshinchi haftada nonushtaga sutli mahsulot iste’mol qiling va bir sutka davomida organizm reaksiyasini kuzating. Agar bosh og‘rig‘i, astma, sevimli mushugingizga allergiya, charchoq, teri qichishishi, qorindagi og‘riq kuzatilmasa, sizni tabriklayman! Siz sut mahsulotlarini yaxshi hazm qilasiz, organizmingiz tomonidan keragicha o‘zlashtiriladi. Demak, allergiya holatlarida rasioningizdagi sutni olib tashlash shart emas.
Agar yuqorida keltirilgan belgilar paydo bo‘lsa, afsuski hayotingizdan sutli mahsulotlarni chiqarib tashlashga to‘g‘ri keladi. Hech bo‘lmaganda siz reaksiya bildiradigan allergenlar ashaddiy tus olgan paytlarda.
Glyuten bilan ham aynan shunday yo‘l tutasiz. Sutni cheklab qo‘ygan kuningizning ertasiga glyutenli mahsulot (oq yoki jaydari unidan tayyorlangan non, misol uchun) cheklab, o‘zingizni kuzatasiz. Keyin esa yuqorida tasvirlangan chizma bo‘yicha yo‘l tutasiz.
Albatta, sevimli mahsulotlardan voz kechish mushkul. Ko‘pincha eng yaxshi ko‘rgan yeguliklarni organizm ko‘tarolmaydi (shuning uchun, tajribali parhezshunos ishni aynan ularni o‘rganishdan boshlaydi).
Sevimli mahsulotlarga bo‘lgan allergiyani aniqlaganimizdan so‘ng nima qilishimiz kerak? Ularni allergiya mavsumida batamom chiqarib tashlaymiz. Qolgan paytda esa ularni aql bilan, bunday mahsulotdan foyda juda kam darajada ekanligi tushunib iste’mol qilamiz.
Har kuni S vitaminini qabul qiling
S vitamini – kuchli antioksidant, u organizmning allergik reaksiyasini pasaytiradi. Bundan tashqari, qonni suyultirib, oksidativ jarayonlarda ishtirok etadi. Aynan shu xususiyatlar allergiyani yengillashtiradi.
Agar sport bilan, toza havoda allergenlar orasida shug‘ullansangiz, mashg‘ulotlardan 30-60 daqiqa oldin 1 g S vitaminini qabul qiling, nafas olishingiz osonlashadi. Chunki S vitamini qon aylanishini yaxshilaydi.
Allergiya mavsumida S vitaminini qabul qilish dozasi: kattalar uchun (18 yoshdan) kuniga 1-2g. Ovqat paytida qabul qilish kerak. Yaxshisi qabul qilishni ikki qismga ajratgan ma’qul.
Magniy qabul qiling
Magniy organizmdagi yuzlab jarayonlarda ishtirok etadi, shuningdek, immun tizimiga ham yordam beradi. Uning yetishmovchiligi immunitetning kuchsizlanishiga sabab bo‘ladi. Bundan tashqari, magniy bo‘g‘imlarni dam oldirib, shu yo‘l bilan nafas olishga yordam beradi, bu esa astma va allergiyada muhim sanaladi.
Dozalash: 300 mg. (kattalar uchun 18 yoshdan keyin) uyqudan oldin.
Ko‘proq ananas iste’mol qiling
Ananas tarkibida bromelayn moddasi mavjud. Bu hazm qiluvchi enzim, sut oqsili va glyutenni kerakli hajmda parchalashda yordam beradi, demak allergiyani ham yengillashtiradi (yoki butunlay chetlab o‘tish imkonini yaratadi). Bromelayn ananasning o‘rtasida ko‘p bo‘lmagan miqdorda mavjud.
Tarkibida omega-3 bo‘lgan mahsulotlarni rasionga kiriting
Omega-3 yog‘ kislotalari hujayralar tuzilmasida ishtirok etadi, shuningdek, hujayralar qobig‘ini ham himoya qiladi. Ko‘pincha allergiya hujayralarning o‘ta kuchli sezgirligidan boshqa hech narsa emas. Ularning qobig‘i qanchalik baquvvat bo‘lsa, allergik reaksiyalar ham shunchalik kam bo‘ladi.
Dozalash: 1 000 mg. baliq moyi (kattalarga 18 yoshdan) yoki kuniga yog‘li baliqning yaxshi porsiyasi. Omega-3ga ega bo‘lgan chempion-mahsulotlar:
  • Skumbriya balig‘i;
  • losos balig‘i;
  • seld balig‘i;
  • grek yong‘og‘i;
  • zig‘ir yog‘i va pista;
  • sovuq siqish natijasida olingan rapsa moyi;
  • sardinalar.
Ko‘proq suv iching (kuniga 1,5 litrdan kam emas)
Barcha almashinuv jarayonlari suvda sodir bo‘ladi, organizm detoksikatsiyasi ham bundan mustasno emas. Agar suv yetarli bo‘lmasa, zaharli moddalar va “ishlab chiqarishning boshqa chiqindilari” organizmimizni tark etishi mushkul kechadi. Aynan shuning uchun yetarli miqdorda suv ichish zarur.
Qachon va qancha suv ichishni o‘ylab o‘tirish kerak emas. Qancha icholsangiz, shuncha iching. Suvni ko‘rgan zahoti hech bo‘lmaganga yarim stakan ichishni odatga aylantiring. Asosiysi – buni tez-tez amalga oshirish.
Suv ichishni odat qilolmay, esdan chiqaruvchilarga maslahat bor. Kun boshida yarim litrli butilkaga suv quyib oling, uning og‘ziga esa to‘rtta rezinka kiygizing. Birinchi yarim litr suvni ichib bo‘lgach, bitta rezinkani olib tashlang va idishni yana suv bilan to‘ldiring. Kun oxirida barcha rezinkalar olib tashlangan bo‘lishi kerak.
Yana qo‘shimcha ma’lumot: suvni butilkadan ichish krujka yoki stakandan ichishga qaraganda osonroq (nima uchunligini aytish qiyin, biroq bu fakt!)
Ushbu oson usullar dori vositalariga sarflanadigan mablag‘ni tejaydi, shuningdek, sizga dokadan tikilgan niqob, uyqusirash, burun bitishi va ko‘z yoshlarsiz hayot kechirishingizda yordam beradi.
Bu maslahatlar yordam berish, bermasligini qanday aniqlash mumkin deysizmi? Bu juda oddiy, shunchaki, ularni qo‘llab ko‘ring, natija uzoq kuttirmaydi.
Kafolat beramiz.
 
Salomat bo‘ling!


Manba:kun.uz
Категория: FOYDALI MASLAXATLAR
Просмотров: 11303 | Рейтинг: 0| Рейтинг: allergiya, dori vositalar, Qanday
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 05:52
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное