Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. So'nmas Sevgi - I Love You [soundtreck]
. Iyun Oqshomi - Yeri Nasalama (soundtreck)
. Yoz ifori-Piano [soundtreck]
. Ishq Jodusi - Xing Xing wake Up
. Merlin-Soundtreck
. Ko'sem - Soundtreck (Turk serial)
. Gulperi - Soundtreck (Turk serial)
. Vorislar - Serendipity (serial korea)
. Efir Sirlari - Piano Version
. Sherlock Holmes - soundtreck (mix)
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Sensizlik
. Qalbim Chechagi-soundtreck2
. Ishq Ertagi - Title sound
. Qor Alangasi - Soundtreck [Offical]
. Tabib-Nadin kal kai (soundtreck koreya)
Главная » Файлы » SOG'LIK

Bahorda Zo‘rayadigan 5 ta Kasallik

Bahorda ko‘pgina surunkali kasalliklarning zurayishi kuzatiladi. Xo‘sh, buning sababi nimada? Mutaxassislarning aytishicha bunga quyidagi omillar sabab bo‘larkan: 
Qishdan keyin organizmning zaiflashishi;
Meva va sabzavotlar bu paytga kelib barcha vitamin va energetik qiymatini yo‘qotishi;
Atmosfera bosimining o‘zgarishlari;
Quyosh radiatsiyasining kuchayishi;
Bahorda organizm toliqib qolmasligi uchun nimalarga e’tibor berish kerakligi haqidagi savollarimizga tibbiyot fanlari nomzodi, allergolog Fotima YO‘LDOShEVAjavob beradi.
— Bu davrda har bir kishi sog‘lig‘iga o‘ta e’tiborli bo‘lishi darkor. Bahorgi iliq kunlar boshlanishi bilan belgilari kuchayadigan kasalliklarning oldini olish yoki vaqtida davolash yaxshi samara beradi hamda kasallik zo‘rayishining oldini oladi. 
Bahorda zo‘riqishi kuzatiladigan kasalliklar quyidagilar: 
1.Oshqozon yarasi.
Asosan aprel oyida kasallikning belgilari kuzatila boshlaydi. Buning sababi aniqlanmagan. 
Kasallik zo‘raygandagi belgilar: qorin och paytidagi og‘riq, kechasi boshlanadigan og‘riq, ko‘ngil aynishi, og‘izdan yoqimsiz hid kelishi...  Me’da yoki ichak yarasi zo‘rayishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun mavsum yaqinlashishi bilan oldini olish tadbirlarini ko‘rish darkor. 
Me’da va o‘n ikki barmoq ichak yarasi gastrit kabi organizmda Helicobacter pylori bakteriyasi sabab kelib chiqadi. Bu bakteriya organizmimizga zarar yetkazishidan oldin immunitetni kuchaytirish lozim.  
Buning uchun quyidagi qoidalarga qat’i rioya qilishingiz kerak:
Me’da yarasi kasalligi bilan kasallangan kishilar bir kunda 5-6 marta taomlanishi. Taomnomasidan faqat yumshoq ovqatlar joy olishi lozim. Asosan qaynatilgan va dimlangan taomlar iste’mol qilish, klechatkasi ko‘p bo‘lgan mahsulotlar — mosh, no‘xat, loviya, qo‘ziqorin, yong‘oq, kepakli non, limon, nordon olmalar, qahva, alkogol va gazli ichimliklar, kefir, sut, tortlar, nordon va pishmagan mevalar hamda qattiq go‘shtni esa taomnomadan o‘chirgan ma’qul.  Parxezga amal qilish shart.
2. Asab tizimi kasalliklari.
Biologik soat ishining buzilishi va bahoriy o‘zgarishlar sabab ruhiy siqilish hamda asabiylashish holatlari ko‘payishi kuzatiladi.  Agar atrofdagilardan va o‘z ishingizdan qoniqmaslik hissini sezsangiz hamda ko‘ngilingizni umidsizlik egallab olsa unda aprel oyi boshlarida ko‘proq toza havoda sayr qilish, uyquga vaqtliroq yotish, jismoniy mashqlarni bajarish tavsiya etiladi. Agar bu ham yordam bermasa, bir-ikki haftaga ishdan ta’tilga chiqib, o‘zingizga dam berishingiz lozim.  Kasallikni davolagandan ko‘ra, oldini olgan ma’qulligini unutmang.
3. Shamollash.
Havoning tez-tez o‘zgarib turishi, immunitetning tushib ketishi bahorda yuqumli va bronxial kasalliklarning rivojlanishiga sharoit yaratadi. Bundan tashqari bahorda sistit, gaymorit xurujlari kuchayadi. Ammo to‘g‘ri ovqatlanish, vitaminlar va viruslarga qarshi dorilar yuqumli kasalliklar bilan kurashish uchun immunitetni mustahkamlaydi. Bundan tashqari shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qiling, ko‘chadan kelgach, qo‘lni obdon yuving, xonalarni shamollating.
4. Allergiya.
Bu eng ko‘p tarqalgan bahorgi kasalliklardan. Allergiyaga moyillik, asosan, irsiyatga bog‘liq bo‘ladi. Bu kasallikni bahorda zo‘raymasligi uchun quyidagilarga amal qilish lozim:
Iloji boricha ertalab soat 11 ga qadar ko‘chaga chiqmaslik;
quyoshli yoki shamolli kunda deraza oynalariga nam matolar osib qo‘yish.
5. Teri kasalliklari.
Aprel oyida husnbuzarlar nafakat balog‘at yoshidagilarda, balki 20 yoshdan 40 yoshgacha bulgan xotin-kizlarda ham toshishi mumkin. Husnbuzarlar mavsumiy omillar ta’sirida teri osti yog‘ bezlari o‘z funksiyasini bajara olmagani sababli yuzaga keladi. Bu mavsumda mikrob, bakteriyalar faollashadi. Agar organizmning immuniteti me’yorda bo‘lsa buning xavfi yuk. Lekin aksincha bo‘lsa, terida mayda toshmalar toshishi, shamollash, ko‘zda konyuktivit boshlanishi mumkin. Bularning oldini olish uchun vitaminlar iste’mol qilish shart.


Категория: SOG'LIK
Просмотров: 7093 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: allergiya, Bahor, kasallik
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
NuR_KR Juda foydali maslahatlar
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 08:19
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное