Jasur Umirov kelajakdagi oilasini qanday tasavvur qiladi?
So‘nggi paytlarda biroz kam ko‘rinish berayotgan xonanda Jasur Umirov ayni paytda ko‘proq oila qurish haqida bosh qotirayotganga o‘xshaydi...
Chynki u jurnalistlar bilan bo‘lgan suhbatda kelajakdagi oilasini qanday tasavvur etishini so‘zlab berdi:
— Oilamning suratini xayolimda gavdalantirganimda ko‘p bolali bo‘lish ko‘z o‘ngimdan o‘tadi. Farzandlarim kamida 4-5 ta bo‘lishi aniq. Chunki uyda bolalarning qiy-chuv qilib, yugurib yurishini yaxshi ko‘raman. Turmush o‘rtog‘im esa, bolalarning tarbiyasi bilan band bo‘ladi. Ishlamaydi (kuladi).