Nyu-Yorkda turar joy binosida portlash sodir bo‘ldi
Nyu-Yorkning Ist-Villij tumanida 5 qavatli turar joy binosi kuchli portlash oqibatida qulab tushdi, deya xabar beradi newstes.ru nashri.
Ma’lumotlarga ko‘ra, eng kamida 30 dan ortiq fuqaro jabrlangan. Ma’lumotlarga ko‘ra, portlash turar joy binosining 1-qavatidagi restoranda o‘rnatilgan gaz ballonidagi nosozlik oqibatida sodir bo‘lgan. Ayni damda halokat sodir bo‘lgan hududda evakuatsiya va qutqaru ishlari olib borilmoqda.