Afg‘oniston poytaxti Qobul shahrida portlash yuz berdi, deb ma’lum qilmoqda Reuters.
Mahalliy Tolo News ning xabar berishicha, portlash terrorchi-hudkush tomonidan amalga oshirilgan. U xorij qurolli kuchlari karvoni sari yo‘naltirilgan.
Guvohlarning aytishicha, karvon talofot ko‘rgan, ammo tinch aholi vakillaridan ham jabr ko‘rganlar bor.
Voqea joyiga tezkor xizmat xodimlari yetib kelgan, tez yordam mashinalari jarohatlanganlarni shifoxonalarga yetkazgan.