Tojikiston va Afg‘oniston chegarasi hududida otishma sodir bo‘ldi
3 noyabr kuni tungi vaqtda tojik-afg‘on chegarasi hududida navbatdagi davlat chegaralarini buzish holati qayd qilindi.
Tojikiston chegara qo‘shinlari tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, Tojikiston va Afg‘oniston chegarasi hududida tojikistonlik chegarachilar va afg‘onistonlik jinoyatchilar o‘rtasida to‘qnashuvlar sodir bo‘lgan. Jinoyatchilar ortga chekingach, voqea joyidan 20 kg. kashish 1,5 geroin moddasi aniqlangan.