Toshkentdagi “Jo‘rabek” jom’e masjidida yong‘in sodir bo‘ldi
26 aprel kuni, tungi soat 02:00da Toshkent shahrining Yashnobod tumani, Farg‘ona yo‘li ko‘chasi, 51 - uyda joylashgan “Jo‘rabek” jom’e masjidining tom qismidan o‘tgan elektr simlarini qisqa tutashuvi oqibatida yong‘in sodir bo‘lgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmatining xabar berishicha, yong‘in kuchli shamol oqibatida yuz bergan. Ko‘rilgan choralar natijasida, yong‘in soat 02:53da to‘liq qamrab olinib, soat 03:23da batamom o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida jarohat olganlar yo‘q.
Xozirda surishtiruv ishlari olib borilib, yong‘in oqibatida yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.