Toshkentning Yakkasaroy tumanida kuchli yong‘in sodir bo‘ldi
9-iyun, payshanba kechasi Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida, sobiq tekstil kombinati hududida kuchli yong‘in sodir bo‘ldi. Uning shu’lasi bir necha kilometr naridan ko‘rindi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.
Guvohlarning ta’kidlashicha, olov soat 22:00 da kelib chiqqan. Yong‘in davomida portlash ovozlari eshitilgan.
Voqea joyiga tezlik bilan o‘t o‘chirish xizmati xodimlari yetib keldi. Soat 23:00 atrofida yong‘in o‘chirildi.
FVV vakillari yong‘in sobiq tekstil kombinati hududida sodir bo‘lganini tasdiqladi, deyiladi “Gazeta.uz” xabarida. Jabrlanganlar haqida ma’lumot yo‘q.