Turkiyadagi portlash joyidan olingan video tarqaldi
Ruptly agentligi Turkiyaning Kaysari shahrida yuz bergan portlash joyidan olingan videoni chop etdi. Kadrlarda yonida yengil avtomobil portlatilgan avtobusni ko'rish mumkin. Mamlakat bosh shtabida hodisani terakt deb baholashdi. Aniqlik kiritilishicha, voqea oqibatida kamida 13 kishi halok bo'lgan, 48 nafar inson jarohatlangan. Avtobusda turk armiyasining harbiylari bo'lgan.