Turkiyaning Suriya bilan chegarsida joylashgan G‘oziantep viloyatiga Suriya tomondan ikkita bomba kelib tushdi. Bu haqda “Trend” xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, bomba viloyatdagi masjidlardan biriga kelib tushgan. Jabrlanganlar yo‘q.
Voqeadan so‘ng mazkur viloyatda xavfsizlik choralari kuchaytirilmoqda.
20 avgust kuni G‘oziantep shahrida bo‘layotgan to‘y chog‘ida terakt amalga oshirildi. Natijada 54 kishi halok bo‘ldi, 69 kishi jarohatlandi. Qurbonlar orasida o‘nlab bolalar ham bor. Mazkur teraktda IShID terrrorchi tashkiloti ayblanmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, Turkiyaning janubida joylashgan G‘oziantep viloyati Suriyaning Aleppo viloyati bilan chegaradosh.