Misr Rossiyaning Suriyadagi harbiy operatsiyasini ma’qulladi
Rossiyaning Suriyada boshlagan harbiy operatsiyasi terrorchilikning ildiziga bolta urishga yordam beradi. Bu haqda Misr tashqi ishlar vaziri Sameh Shukriy bayonot berdi.
Uning so‘zlariga qaraganda, Qohira tomonidan Moskvadan olinayotgan axborot Rossiya terrorchilikka qarshi kurashga jiddiy bel bog‘laganidan dalolat bermoqda.
“Rossiya o‘z imkoniyatlari va salohiyatini bu kurashga safarbar qilgani, fikrimizcha, Suriyada terrorizmning ildizini sug‘urib tashlashga yordam beradi”, - ta’kidladi Shukriy.