Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Promise
. Qaqnus - Mal De music
. Bola Uyda yolg'iz-[Один Дома] soundtreck2
. Muxabbat va Extiros - soundtreck (Offical)
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck 2
. Ziyoda-Super Qaynona [soundtreck]
. Muhabbat tafti - Rabba Ve
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - piano music soundtreck
. Ko'sem - Serial fon (Turk serial)
. Ko'sem - Soundtreck (Turk serial)
. Efir Sirlari - Soundtrack 2
. Qo'rqmas - soundtreck 3
. Vorislar - Loves Moment (serial korea)
. Ko'ngil bog'i-soundtreck [feat Girl]
. Tabib-He yo Jin hikyo (soundtreck koreya)
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Rossiyaning Suriyadagi asl maqsadi nima edi?

Kecha, 14 mart kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Suriyadan harbiy kuchlarni chiqarish haqida qaror qabul qildi. Mazkur xabar ko‘pchilik siyosatshunoslar va tahlilchilar uchun kutilmagan voqea bo‘ldi. Shu boisdan bir qancha siyosiy va harbiy tahlilchilar Rossiyaning bu qarori yuzasidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdilar. Xususan, siyosiy tahlilchi Shon Uokerning fikrlari e’tiborimizni tortdi.

“2015 yilning sentabr oyi oxirida Rossiya Suriyadagi mojaroni hal qilish maqsadida o‘z harbiy kuchlarini kiritgan edi. O‘tgan besh yarim oy muddat mobaynida Suriya hududida 9 ming jangovor parvoz amalga oshirilishi, Bashar Asad hukumati iste’fosining kechiktirilishi, Misrda yo‘lovchi samolyotining halokatga uchrashi va Turkiya bilan azaliy do‘stona munosabatlarga barham berilishi – Rossiya Suriyaga amalga oshirgan intervensiyaning natijasi hisoblanadi”.

Shon Uokerning fikrlaridan kelib chiqib, Rossiya Suriyaga amalga oshirgan intervensiya besh yildan beri davom etib kelayotgan Suriyadagi mojarolar va voqealar rivojini, hamda geosiyosiy vaziyatni o‘zgartirdi, desak yanglishmaymiz.

“Men Mudofaa vazirligi va Qurolli kuchlarga yuklatilgan vazifa bo‘yicha ular ko‘zlangan maqsadga erishishdi, deb hisoblayman. Shu sabab men Mudofaa vaziriga Suriya Arab Respublikasini tark etishni buyurdim”, – deydi Vladimir Putin dushanba kuni o‘tkazilgan uchrashuvda. Putin Suriyadan Rossiyaning asosiy harbiy kuchlarini olib chiqishni ma’lum qildi. Bu kutilmagan qaror bo‘ldi.

Rossiya Yaqin Sharq mintaqasida asosiy xavf bo‘lgan terrorizmga qarshi kurashda biror maqsadga erishdimi? Ammo, DAISh haligacha mavjud va faoliyatini davom ettirmoqda. Putinning kutilmagan qarori harbiy tahlilchilarni hayratda qoldirdi. Rossiyaning Suriyaga to‘satdan, amalga oshirgan intervensiyasi haqida oldindan taxmin qilish mumkin edi, lekin Suriya hududidan Rossiya harbiy kuchlarining chiqarilishi kutilmagan holat bo‘ldi. Ko‘pchilikda savol tug‘ilishi mumkin: Rossiya haqiqatan ham Suriyadagi qurolli kuchlarini chiqaradimi? Putin harbiy kuchlarni chiqarishni seshanba kuni boshlashga buyruq berdi, lekin qachon tugallanishi haqida gapirmadi. Bu bilan shunday xulosaga kelish mumkinki, Rossiya aviatsiyasi o‘z harbiy parvozlarini amalga oshirgan Latakiya tumanidagi Xmeymim aviabazasi oldingi rejimda faoliyatini davom ettiradi. O‘tgan vaqt mobaynida Rossiya Suriyadagi bazada barcha infrastrukturani yaratdi va Moskvaga yana o‘z qo‘shinlarini kiritishiga hech narsa halaqit bermaydi. Bu, hattoki, o‘tgan yilning sentabr oyi oxiridagi intervensiyadan ham tezroq va kutilmagan bo‘lishi mumkin.

Putinning bayonotini jiddiy qabul qilinishi kerak deyish uchun barcha asoslar bor. DAIShni yo‘q qilish vazifasi to‘liq bajarilmadi. Hech kim bu haqiqiy maqsad ekanligiga ishonmasa kerak. Hattoki, Bashar Asad hukumatini saqlab qolish va uni qo‘llab- quvvatlash ham, ko‘pchilik tahlilchilarning fikricha, ikkinchi darajali bo‘lgan.

“Ukrainadagi voqealardan so‘ng G‘arb Rossiya bilan hamkorlik qilishni xohlamagan edi. Suriyadagi harakatlardan maqsad esa G‘arbni yana Rossiya bilan hamkorlik qilishga majbur qilish edi, shunday bo‘ldi ham, Rossiya Suriyadagi mojarodan minimal yo‘qotish bilan chiqmoqda. O‘ylaymanki, bu puxta o‘ylangan taktik harkatdir”, – deydi mustaqil harbiy tahlilchi Aleksandr Gols.
Ruslan Sulaymonov


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 6185 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Suriya, Rossiya
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 12:33
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное