Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha yangi Qonun loyihasi ishlab chiqildi. Unda bir qator mahsulotlarning soliq stavkalari oshirilishi ko‘zda tutilgan. Jumladan, Ai-80 benzin uchun aksiz 20%ga oshirilsa, Ai-90 va undan yuqori benzin uchun aksiz 10%ga ko‘tariladi. Shuningdek, dizel yoqilg‘i, suyultirilgan va siqilgan gazlar uchun ham soliq stavkalari oshadi. Eslatib o‘tamiz, noyabr oyining boshlarida O‘zbekiston bo‘ylab Ai-80 rusumli benzinning narxi oshgandi.