2016 yilning 1 yanvaridan O‘zbekistonda benzin, dizel va transport vositalari uchun mo‘ljallangan gaz yonilg‘isi soliq stavkalari oshiriladi. Bu haqda norma.uz xabar beradi.
Prezident qaroriga muvofiq, benzin, dizel va transport vositalari uchun mo‘ljallangan gaz yonilg‘isi uchun soliq stavkasi 1 yanvardan 45 so‘mga, suyultirilgan va siqilgan gaz uchun 30-35 so‘mga oshiriladi.
Avtomobil yonilg‘isining soliq stavkasi uning chakana narxi ichiga kiradi.