O‘zbekistonda 2016 yil uchun ish vaqti hisoblab chiqildi
O‘zbekiston Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi ish jarayonida foydalanish uchun yillik ish vaqti fondi hisobi bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqdi.
Ish soatlarini (ish vaqtini) me’yorlash quyidagi tarzda aniqlanadi:
5 kunlik (40 soatli) ish haftasida: 8 soatli ish kuni va 7 soatli bayram oldi kunlari hisobga olinadi;
6 kunlik (40 soatli) ish haftasida: 7 soatli ish kuni va dam olishdan oldingi 5 soatli ish kuni, shuningdek 6 soatli bayram oldi kunlari (shanba kuniga to‘g‘ri kelsa 4 soatli) hisobga olinadi;
36 soatli ish haftasida: 6 soatli ish kuni va 5 soatli bayram kunidan oldingi ish kunlari hisobga olinadi. BAYRAM KUNLARI:
1 yanvar – Yangi yil;
8 mart – Xotin-qizlar kuni;
21 mart – Navro‘z bayrami;
9 may – Xotira va qadrlash kuni;
6 iyul* - Ro‘za-hayit (Iyd al-Fitr);
1 sentabr – O‘zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni;
12 sentabr* - Qurbon-hayit (Iyd al-Adha);
1 oktabr – O‘qituvchilar va murabbiylar kuni;
8 dekabr – Konstitutsiya kuni.
Ko‘rsatilgan Ro‘za-hayit (Iyd al-Fitr) va Qurbon-hayit (Iyd al-Adha) kunlari bir kunga o‘zgarishi mumkin.
Hujjatning to‘liq matni bilan ushbu havolada tanishish mumkin.