O‘zbekistonda ayrim YHQni buzganlik uchun jarimalar oshirildi
22-oktabr kuni qabul qilingan qonun bilan MJTKning bir qator moddalariga transportdagi ayrim huquqbuzarliklar uchun sanksiyalar oshirilishini nazarda tutuvchi tuzatishlar kiritildi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.
Jumladan, 2018-yilning 23-oktabridan boshlab transport vositasini boshqarish vaqtida haydovchilarning telefondan foydalanganligi uchun EKIHning 3 barobari miqdorida jarima qo‘llaniladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilganda esa EKIHning 4 barobari miqdorida jarima yoki transport vositasini boshqarish huquqidan 6 oygacha muddatga mahrum etish jazosi qo‘llaniladi.
Qolgan jarimalar bilan quyidagi jadvalda tanishishingiz mumkin.