O‘zbekistonda yangi 2016-yil benzin narxlari (yanvar)
O‘zbekistonda 2016-yil, 1-yanvardan benzinning bir litri narxi 45 so‘mga oshirildi. Bu jismoniy shaxslardan avtomobil yoqilg‘isi uchun olinadigan soliq miqdori oshgani (290 so‘mdan 335 so‘mga) bilan bog‘liq ekanligi bildirilgan, deya xabar beradi“Gazeta.uz”.
Ai-80 benzinining litri uchun yangi narx 2075 so‘m (avvalgi narxi — 2030 so‘m), Ai-91 uchun esa 2280 so‘m (2235 so‘m) etib belgilandi.
Suyultirilgan gaz iste’moli uchun soliq summasi (tegishli ravishda narxi ham) 30 so‘mga, siqilgan gaz uchun esa 35 so‘mga oshdi.