Qozog‘istonda koronavirus yuqtirganlar soni oshmoqda
Qozog‘istonda koronavirus infeksiyasi qayd etilishi holatlari ko‘paydi, deb xabar berdi 14 mart kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati. Koronavirusning to‘rtta holati Olma-Otada, ikkitasi Nur-Sultonda tasdiqlandi. Bundan tashqari, Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, 1090 kishi shifoxonalarda, 452 kishi uy sharoitida karantinga olingan. Vazirlik, shuningdek, isitma va gripp bilan og‘rigan 116 kishi kasalxonaga yotqizilganini, ulardan 54 nafari hali ham shifoxonalarda qolayotgani, qolganlariga esa javob berilganini qayd etdi. Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonda koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq holat ilk marta kecha, 13 mart kuni ma’lum qilingandi.