Qozog‘istonda 64 yoshli ayol koronavirus tufayli olamdan o‘tdi
Qozog‘istonning Oqmalinsk viloyatida yashagan 64 yoshli ayol koronavirus tufayli o‘lim topdi. Marhumaning qarindoshlari aytishmoqdaki, u koronavirusga uchraganlar bilan suhbatga kirishmagan. Faqat Olmaotaga mehmon bo‘lib borgan-u, o‘sha yerda virus yuqtirgan. Bundan tashqari u surunkali gipertoniya, qandli diabet, ateroskleroz bilan ham og‘rigan ekan. Lekin o‘limidan keyin qo‘yilgan tashhis ayol aynan koronavirus qurboniga aylanganini ko‘rsatdi. Marhuma bilan muloqotda bo‘lganlarning barchasi ayni paytda karantinga tushirilgan.