Turkmanistonda koronavirus tufayli bir kishi olamdan o'tdi…
Fojia Turkmanistonning Lebap viloyatidagi Xitoydan evakuatsiya qilingan fuqarolarning vaqtinchalik yashash lagerida sodir bo'ldi. Shu haqda mamlakat sog'liqni saqlash vazirligi vakillari rasman xabar qilgan.
Hozircha olamdan o'tgan fuqaro haqidagi to'liq ma'lumotlar maxfiylashtirilgan. Faqat shunisi ma'lumki, u Xitoydagi oliy o'quv yurtlaridan birida tahsil olgan talaba yigit. Uning tanasi yoqib yuborildi.
Mari viloyatilik yana bir koronavirus yuqtirgan fuqaro Lebapdagi karantin lagerida juda og'ir ahvolda yotgani haqida ma'lumot tarqatilgan.
Karantin lageri harakatlanuvchi gospitalga ega. Undan Turkmaniston mudofaa vazirligi doirasida favqulodda vaziyatlarga qarshi kurashda foydalaniladi. Karantin lager atrofiga jonlantirish va anesteziologiya, jarrohlik, laboratoriya uchun maxsus palatkalar bunyod etilgan. Lagerni milliy xavfsizlik va ichki ishlar vazirligi askarlari qo'riqlashadi.