Turkmanistonda dollar talon bo‘yicha sotila boshlandi
Turkmanistonda dollar va yevro savdosi bo‘yicha yangi tartib kuchga kirdi. Endilikda Ashxobod fuqarolari valyuta sotib olish uchun bankka maxsus talon bilan borishlari kerak.
Mazkur talonda valyuta xarid qilish uchun boriladigan vaqt hamda bank filiali ko‘rsatiladi.
Shuningdek, endilikda bank muassasalarining bosh idoralaridagi valyuta ayirboshlash punktlarining darchalari oldida uzun navbatlar yuzaga kelgani sababli valyuta sotmaydigan bo‘ldi. Ayni paytda, bunday navbatlarni banklar eshiklari oldida kuzatish mumkin.
Xorij valyutasini sotib olishga bo‘lgan talabning keskin ortishiga 2015 yil avvalidan buyon manat kursining pastlay boshlagani sabab bo‘lgani aytilmoqda.