Buxorolik yigit mahalladoshining 6200 dollarini o‘g‘irlab ketdi
Buxoro tumani “Istiqbol” qishloq fuqarolar yig‘inida yashovchi uy bekasi tuman IIBga ariza bilan murojaat etib, noma’lum kimsa kunduz payti uyidagi 6200 AQSh dollarini o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qildi. Bu haqda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligining “Postda” gazetasi xabar bermoqda.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni uning mahalladoshi sodir etganligi fosh bo‘ldi.
Jinoyatga qo‘l urgan yigit qonun oldida qilmishiga yarasha javob beradi, deyiladi xabarda.