Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SEVGI DUNYOSI

Boshqa ayol tufayli 18 yillik turmushim buziladimi?


«Mening ikki nafar bolam bor. Turmush qurganimga o‘n sakkiz yil bo‘ldi. Erim o‘zidan o‘n yosh kichik, turmushidan ajralgan ayolni yaxshi ko‘rib qolibdi. Buni bilib qolganimdan keyin azobli kunlarni boshimdan kechiryapman, nima qilay?»

– Nima qilay? — deb so‘rabsiz. Agar bu savolingizga kim aybdor? — deb o‘zgartirish kiritsak, albatta, o‘zingizdan boshqa inson bunga aniq javob bera olmaydi. Shunday ekan, keling, avval vaziyatni tahlil kilib, sababini topaylik. Sababiga oydinlik kiritsakkina unga javob ham oydinlashadi.

1. Nima sababdan shunday ho­lat yuzaga keldi? Qaysi xislatlaringiz sizga yoqadi? Qaysi bir xislatlaringiz yoqmaydi? Men o‘zi nimani xohlayman? Erimni kechirib, hayotni yangitdan boshlaymi yoki erimdan voz kechaymi? Quyidagi savollardan to‘g‘ri xulosa chiqarganingizdan so‘ng bir QARORga kelishingiz mumkin (zero, har bir inson o‘zi uchun faqat o‘zi qaror qabul kilib, bu qaroringiz sizning TAQDIR­ingizni belgilaydi!).

2. O‘zingizni qanchalik yaxshi ko‘rishingiz, qolaversa, o‘zingizga bo‘lgan ishonchingiz sizga oi­langizni saqlab kolish imkoniyatini beradi!

3. Oilamni saqlab qolaman de­sangiz, unda xafachilikdan naf yo‘q. Xafagarchilik kayfiyatingizning tushib ketishiga, har xil tortishuvlarga, eringizga tanbeh berishga olib keladi. Erkak kishiga qancha ko‘p tanbeh berib, unda aybdorlik hissini uyQotganingiz sari, u sizdan uzoqlashadi. Shuning uchun unga befarq emasligingizni, u sizga va farzandlaringizga qanchalik qadrdonligini tushuntiring. Shunda u qilayotgan xatosi ustida o‘ylab ko‘rishi mumkin.

4. Boshqa ayol hayotida bo‘lgani bilan hali ham sizlar bilan ekan, demak, uni nimadir ushlab turibdi. Shuncha yil birga yashagan mehr-oqibatingizdir balki? Farzandlaringizga bo‘lgan mehrmi? Balki hali ham u ayolga nisbatan ishonchsizligi bordir? Bu bir vaqtinchalik ovunchoqdir?

5. Asosiy sababini anglab yetganingizdan so‘ng, turmush o‘rtog‘ingizni ham ayblamasdan, o‘zaro kelishuvga chaqirsangiz, shunda u inson bilan bir fikrga kelishingiz mumkin.




Eslatib o‘tamiz, xar yakshanba muxlislar kuni bo‘lib, o‘z muammo yoki ko‘ngil kechinmalari bilan bo‘lishib, keng omma bilan xal qilishga imkoniyatingiz bor.
tarona.net@bk.ru pochtasiga voqea yoki muammoingizni yozib yuborishingiz yoki @TaronaSupportBot manziliga telegramdan voqeangizni yuborishingiz mumkin.
Bunda sizni telefon raqamingiz ko‘rinmasligi va sizni voqeangiz anonim tarzda chop etilishiga kafolat!
Diqqat! Saytga chop etilib bo‘lingan maktub keyin talabga binoan olib tashlanilmaydi!
Voqeangiz sayt orqali keng ommaga chiqishi va xalqdan turli maslaxatlar bo‘lishini bilib turib jo‘natdingizmi, o‘zingiz kutmagan va yoqtirmagan maslaxatni olib keyin olib tashlang deyish mantiqsiz!
Категория: SEVGI DUNYOSI
Просмотров: 7138 | Рейтинг: 1| Рейтинг: buziladimi, tufayli, Boshqa ayol, Xiyonat, turmushim, 18 yillik
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 09:58
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное