Haftaning Yakshanba kunlarida sizga doimiy tarzda taqdim etiluvchi loyihalarimiz ko'p. Ammo Siz sevgan "Yakshanba-muxlis minbari" barchasidan qiziq menimcha. Mana bugun yana sayyod nashrida yangi maqola paydo bo'ldi. Bu voqea juda qiziqarli bo'lgani sabab saytimizga yuklab, siz muxlislar ham bilishingizni hohladik.
Yowim 18 da xorazmdanman. 2 yil oldin hayotimda br yigit paydo boldi. u bn ahd paymon qiluvdik 1 yil doim birga bo'ldik, hecham ayrilmasdik, wunaqa yaxwi ko'rardik bir birimizni. O'tgan yili buvisi ahvoli og'irlawganligi tufayli yolg'iz nabirammi to'yini ko'ri digani un majburlap uylantirip qoyiwdi. Mani esa uydagilar so'rawsayam beriwmasdi, uni onasiyam mani uziga kelin qiliwwi eriw bildi o'ziga. Mana, to'yiga bir yil bo'ldi uylansayam hozirgacha bir birimizzi sevamiz. Hozir ham birga yurimmiz, man unga ikkinchi xotin bo'liwgayam roziman. Bowqa birov bilan birga bo'liwwi o'ylawwiyam hohlamiman, lekin oilasidan ayiriw ajrawtiriw, qarg'iw oliw niyatim yo'q, olloxga beadad wukur bitta farzandi bor, uni rosayam yaxwi ko'raman, o'zi ham xotini bilan yawawwiyam hohlamidi, faqat farzandini ko'zi qiymiydi, mani esa uydagilar bowqasiga uzatiwwi payida. Yana kelib kelib o'wa yigitimmi qo'wnisiga, u yigit mani sevadi, man esa do'stini yani qo'wnisini. Nima qilishni bilmayamman. Yigitim, bir yerda ota onam.. nima qiliwwi bilmiman lekin usiz yawomiman aniq bilaman.. Balki yowlik qivotgandurman, lekin u ham man ham yaxwi ko'rmagan insonimiz bilan yawawga majburamasmiz dip o'yliman. Odatda sevgi to'ydan keyin bo'ladi dip etiwadi, nimaga unda yigitim haliyam bitta o'g'l tug'ibt qo'ygan xotinini sevmidi, man sababli disam man uni to'yidan keyin bir ikki oy ko'ziga ko'rinmi hayotidan chiqib ketiwga harakat qildim, lekin uzi yana qidirib topar, yana mani, o'zini qiynardi. Chidolmadik, bir birimizzi sevganimiz uchun hozir ham ajralgimiz kemidi, yonimga kesa uyga ketgim kemiyapti dip etadi. Shuncha gaplardan so'ng, man qanaqa qilib uni qo'wnisiga kelin bo'laman.. bu haqiqiy azobku.. Manga maslahatilar kerak
Sayyod: -Sizni tanimayman, bilmaymanu biroq judayam nafratlandim... Ko‘proq yigitdan emas, aynan sizdan! O‘zingizni xayotingizni barbod qilganingiz yetmaganidek, yana yigitni , uni xotinini, uni bolasini va bo‘lgusi eringizni va undan tug‘adigan bolangizni xam xayotini barbod qiladigan balo ekansiz, ochig‘i. Shu qadar xam axmoq odam bo‘ladimi? Sevgimushde...Buncha xozirgi yoshlarni nafsi buzuq bo‘lmasa?!
U uylangan kunidan boshlab sizga begona! Birovning xaloli! Siz esa xaromi o‘g‘rideksiz! Baxt o‘g‘risi! Siz uni uylanganidan (vaqtincha) baxtsiz bo‘lsangiz, uniyam o‘zingiz domingizga tortib, ketidan uni ayoli va farzandini xam baxtsiz qilishga XAQQINGIZ YO‘Q! O‘zingizni yig‘ishtirib oling darrov!
Yoshdirman, xatodir demang bu GUNOXNI KATTASI! Xato xam emas, yoshlik xam emas! Zudlik bilan u yigit bilan xamma rishtalarni uzingu, xayotingizni yangitdan boshlang!
Bir ikki oy? shu muddatmi? gap muddatda emas! gap istakda! Bir ikki oy chidaganmishlar, bir umrga yo‘q bo‘lish kerak edi! Istagan odam qiladi! demak asl istagingiz bu emas! G‘unajinni g‘unajini ekansizu, bu ko‘zlaringizni suzaverib, suzilaverib yuzingiz absess bo‘lib qolmasa bo‘lgani. Siz buyoqda ko‘zingizni suzib turar ekansiz albatta u xotini bilan baxtli bo‘lolmaydi, uni mexrini sezib u bilan yashab ketolmaydi! Shu sabab "u meni sevadi, xotinini baribir sevmaydiku" demang! Bunga siz uni qo‘yib yubormayotganingiz sababchi! Odam itgayam o‘rganib ketadi, oddiy matox telefonga odam o‘rganib, uyida qoldirib ko‘chaga chiqsa "panika"ga tushyaptiku, buyoqda uyida tirik jon bo‘lsa, yana farzand tug‘ib bergan bo‘lsa, albatta mexri tushib sevib xam ketardi o‘sha sho‘rlikni. Xaqiqiy sevgi bu turmushdan keyin, buni o‘zingiz vaqti kelib tushunasiz, lekin bu narsani amalga oshishiga siz yo‘l bermayapsiz. Ikki oy emish! Kerak bo‘lsa o‘n yil eshigingiz tagiga kelaversa xam rozi bo‘lmaslik kerak! Birovni baxtsizligiga o‘z baxtingizni qura olmaysiz, "tembolee" o‘g‘irlangan xarom baxtni!
Siz yaxshi ko‘rayotgan uning farzandi faqat uniki emas, UNI XOTININIKI XAM! Uni o‘sha xotini tuqqan! IKKISINI FARZANDI U! Sizga nima bor u yerda?
Sizni "ponyatkangiz" tushunchangiz bilan aniq aytganda: Agar yigit sizni rosti sevganida avvalo boshqasiga uylanmasdi! Oyisi kasalmi yo butun avlodi qirilib ketgan taqdirdayam uylanmasdi! Uylangan bo‘lsa ammo sizni rosti sevganida u qizga qo‘lini tekkizmasdi! TUG‘DIRIB QO‘YIBDIKU! Yo kelin sho‘x chiqib xomila bo‘lguncha yigit bechorani xar kuni zo‘rlab turganmikan?
O‘zi yigitam g‘irt latta ekanku! Muxabbati sof bo‘lsa kurashsin edi. O‘zbekning afsonaviy ishq mardlari Toxiru Farxodlar, Majnunlar suvdayam oqqan, cho‘ldayam yurgan va suygani deb o‘lib ketgan xam, ammo boshqasiga uylanmagan! Xozirgilari ota-onasi uchun bitta sho‘rlikka uylanib, o‘zi chetda shilta bosib shaltog‘ini oqizib yuraveradi. Fu bunaqa shiptir yigitlarga, yigit emas bunaqalar g‘irt shippak! Erkak avvalo QALBAN ERKAK bo‘lishi kerak! Sevdingmi kurash va uylan! Eplolmadingmi, uylanganing bilan o‘lguningcha pistani chaq! Tamom! Mag‘lubitni to‘g‘ri qabul qilish xam mardlik!
Sizga uylana olmagan va o‘z xotini va norasida go‘dagiga vafo qilmay oldingizda yurgan bu Xebbimos ibn Lashsharos ertaga sizga vafo qilarmidi? Bolasini ko‘zi qiymasmish, nega unda bola qilding shapshap? O‘laksa yeb o‘tganingizdan ko‘ra och o‘lganingiz afzal, qoching u tapochkadan! Ikki karra nomard u, na sizga uylana oldi va na endigi oilasiga vafo bera oldi. Tfu basharasiga bunaqa yuvindilarni!
Ja shunaqa bir-biringizni qattiq sevarkansiz, unda uylanishiga yo‘l qo‘ymay Romeo va Djuletta kabi bir-biringizga zaxar ichirib o‘lganingiz yaxshimasmidi? To‘g‘riside, shuncha atrofdagi odamlarni baxtsiz qilmay!
Qarg‘ish olishni istamayman debsizu, bilingki, u uylanganidan boshlab nechi martta u bilan ko‘rishib, nechi martta oldingizga kelganida uning ikki yelkasidan tog‘dek qarg‘ish sizga ag‘darilgan bo‘ladi.
Oila bu muqaddas! O‘sha kelin xam birovni bolasi, ertaga ne ne niyatlar bilan turmush qursangizu, farzand ko‘rsangiz, eringiz boshqasi bilan Ummonni qo‘shig‘ini kuylab yetaklashib yuraversa, qarg‘amaysizmi? Naq O‘zbekistondagi jamiyki domlalarni uyidan propiskadan o‘tarsiz! Mayli qarg‘amasangiz xam, ammo xar bir odamni dili og‘rishida katta qarg‘ish bo‘lishi mumkin! Norasida go‘dakni, muqaddas oilani uvoli sizni xali tutib, u dunyo bu dunyoingizni vayron qilib siz chirqirab qolganingizda kech bo‘ladi! Ishonavering, bu sevgi baxonasi bilan va yoshlik degan tushunchani ortiga yashiringaningiz bilan QAYTAR dunyo va yaxshigina jazodan shu xayotni o‘zidayoq qutula olmaysiz!
Xaliyam kech emas, va balki shu satrlarim SABABChI bo‘lib sizga ortga qaytishga ishoradir! Qancha adashgan insonlarni ko‘ryapman, nechasini javobi bir: Yoshlikda bilib(!)bilmay, bittasini dilini og‘ritgandim... Qaysi domlaga bormay bo‘lmayapti...
Bo‘lmaydi xam! Xudoni jazosiga bandasini kuchi yetmaydi!
Xudodan qo‘rqing, oila bu muqaddas dargox, xalol nikox bilan Xudoni oldida tuzilgan oiladan qo‘lingizni torting! Ming sevadimi ular bir-birini sevmaydimi, bu sizni ishingiz emas, ular bir-biriga taqdirmi boshqami bu xam sizni ishingiz emas, Xudoni ishlariga aralashmang! U endi xotini va farzandiniki! Bitta oilani va o‘zingizniyam baxtsiz qilmang! Qanchalik qiyin bo‘lmasin demak bu sizga sinov! Munosib ravishda toza va xalol bo‘lib o‘ting!
Manba:sayyod.com