Qozog‘istonlik ayol 3 yoshli qizini sotmoqchi bo‘lganda qo‘lga olindi
Qozog‘istonning Oqmola viloyati Ko‘kshetau shahrida istiqomat qiluvchi 29 yoshli ayol o‘zining uch yoshli qizini sotmoqchi bo‘lganida qo‘lga olindi. U o‘z farzandini 950 ming tenge (taxminan 4 ming dollar. — kun.uz)ga baholadi.
24 KZ internet nashrining viloyat IIB matbuot xizmati ma’lumotiga asoslangan holda xabar berishicha, qo‘lga olingan ayolga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Ayol voyaga yetmaganlar savdosi bo‘yicha (QR JK 135-moddasi) ayblanmoqda.
Qo‘lga olish jarayoni Oqmola viloyat IIBning uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘limi xodimlari tomonidan amalga oshirildi. Ayni paytda jinoiy ish yuzasidan tergov harakati olib borilmoqda.
Yo hudoyime 6z tuqqan bolasiniya ba'zi bir ayollar tirnoqqa zoru ,ming afsus ba'zi ayollar 6z tuqqan farzandini pullaw bn ayol degan ona degan maqomga dog' tuwiryaptilar .nahotki inson bolasi ni qadri wu qadar past b6lsa nahotki pul mol dunyo deb farzandidan voz kecha olsa bu odamiylikka t6g'ri kelmaydida .6zing asra hudoyim nafs balosiga qul b6lganlar nimalarga q6l urmaydilar a Astahfurullo