2 aprel kuni Qo‘qon shahrining Turkiston ko‘chasida joylashgan “Toshkent-Qo‘qon” yo‘nalishi bo‘yicha qatnovchi avtomashinalar turar joyi oldidagi daraxt tagidan o‘g‘il bolaning bo‘g‘ilgan holdagi jasadi topilgan.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati xabar berdi.
Surishtiruv ishlari natijasida jasad 2015 yilda tug‘ilgan F.Ibrohimjonov ekanligi aniqlangan. Achinarlisi, jinoyatni bolaning onasi 23 yoshli S.Tilavoldiyev amalga oshirgan.
Hozirda jinoyatchi ona qo‘lga olinib, tergov ishlari olib borilmoqda.