Ayol nechtagacha bolani dunyoga keltirishi mumkin?
«AIF»ning yozishicha, britaniyalik 44 yoshli ayol 22-farzandini dunyoga keltirmoqchi. O‘zi ayol organizmi nechta tug‘uruqqa «mo‘ljallangan»?
— 22 ta bola — g‘ayrioddiy hodisa, biroq noyob emas. Osiyo respublikalarida yigirmatalab bolali oilalar kamyob bo‘lmagan, — deydi Rossiya Xalqlar do‘stligi universiteti akusherlik va ginekologiya kafedrasi mudiri, Rossiya fanlar akademiyasi a’zosi, professor Viktor Radzinskiy. — Jahon rekordi Shuyskiy uezdi dehqoni Fyodor Vasilevning turmush o‘rtog‘iga tegishli. U 1725 va 1765 yillar oralig‘ida 69 nafar bolani dunyoga keltirgan (jumladan, 4 marta 4 talik egizak).
Reproduksiyada me’yor tushunchasi mavjud emas. Kimdir 10 talab tug‘ishi, yana kimdir umuman bolali bo‘lmasligi mumkin. Bu faqat «tajribada» aniqlanadi. Faqat shifokorlar tug‘uruqlar orasida kamida 2 yil (organizm tiklanishi uchun) tanaffus qilish kerakligini tavsiya etishadi.