29 may kuni Moskvaga yo‘l olgan ikki yo‘lovchi samolyot ob-havo aynishi tufayli chaqmoqdan zararlandi. Interfaks agentligining xabar berishicha, yo‘lovchi samolyotlari Farg‘ona va Sankt-Peterburgdan Moskvaga uchib kelgan.
Moskvaning Domodedovo aeroportiga Farg‘onadan kelgan A-320 va Sankt-Peterburgdan kelgan Boeing-737 samolyotlarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish chog‘ida chaqmoq tufayli ularning balandlik ruli konstruksiyasiga zarar keltirilganligi aniqlangan.
Bundan tashqari, ob-havoning yomonligi tufayli 60dan ortiq reys ushlanib qolgan.