O‘rta Osiyo mamlakatlarida quruq va issiq antisiklon kuzatilmoqda, deb yozadi Meteonovosti.ru.
Kunning ikkinchi yarmida termometr ustuni +40 ko‘rsatkichiga yaqinlashmoqda. Bir sutkadagi o‘rtacha havo harorati ko‘p yillik ko‘rsatkichlarni 4—6 darajaga ortda qoldirmoqda. O‘zbekistondagi ko‘rsatkichlar esa rekord darajaga chiqqan.
Toshkentda havo harorati +40,7 darajagacha yetdi. 23-avgust uchun mutlaq yuqori harorat Farg‘onada qayd etildi — +38,4 daraja.
“Kelayotgan ikki-uch kun ichida ob-havo deyarli o‘zgarmaydi. Harorat bo‘yicha yangi rekordlari o‘rnatilishi ehtimoli bor”, — deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, antisiklon — siklon (atmosfera girdobi) o‘rtasida joylashgan, atmosfera bosimi baland bo‘lgan hudud.