Euronews telekanalida Farg‘ona haqida ko‘rsatuv efirga uzatiladi
Euronews telekanali ijodkorlari Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon va Rishton tumanlarida tasvirga olish ishlarini olib borishdi.
Ijodkorlar Marg‘ilon shahridagi «Yodgorlik» korxonasid va Rishton tumanidagi usta-kulol Rustamjon Usmonov ustaxonasida bo‘lib, u yerdagi jarayonlarni tasvirga tushirishgan. Marg‘ilonning tarixiy merosi va sayyohlik salohiyati, urf-odat va an’analari haqidagi syujetlar tayyorlashdi, deb yozadi telegraf.uz nashri.
Mazkur telekanalda O‘zbekistonning boy tarixiy va madaniy merosi, turizm infratuzilmasi haqida hikoya qiluvchi «Uzbekistan life» mavzusida turkum ko‘rsatuvlar namoyish etilmoqda.
«O‘zbekturizm» milliy kompaniyasining ma’lum qilishicha, ayni kunlarda «Euronews» telekanali ijodkorlari O‘zbekistonning ko‘p asrlik tarixiy markazlari – Samarqand, Xiva, Shahrisabz, Marg‘ilon kabi shaharlar haqida lavhalar tayyorlash uchun O‘zbekistonga kelgan.