Farg‘ona viloyatida qalbaki pullarni muomalaga kiritishga urinish holati aniqlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Farg‘ona viloyati IIB xodimlari tomonidan Buvayda tumanidagi savdo shahobchalaridan biridan yonilg‘i-moylash mahsulotlarini xarid qilib 100 dona qalbaki 5000 so‘mlik kupyuradagi pullarni bergan noma’lum shaxslar aniqlanib ushlandi. Ular Uchko‘prik tumanida yashovchi 27 yoshli va 24 yoshli fuqarolar ekanligi aniqlandi.
Yuqoridagi holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.