O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 4 so‘m 57 tiyinga oshdi
O‘zbekiston Markaziy banki 2016-yil 11-maydan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatanyangi qiymatlarini belgiladi.
Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 2909 so‘m 25 tiyin etib belgilandi. Bu 3-maydagi kursganisbatan 4 so‘m 57 tiyinga ko‘p.
11-maydan e’tiboran 1 yevro qiymati 3341 so‘m 76 tiyin (3-maydagi kursga nisbatan 31 so‘m 58 tiyin qimmat), 1 Xitoy yuani 446 so‘m 43 tiyin (3-maydagi kursga nisbatan 2 so‘m 25 tiyin arzon), 1 Rossiya rubli esa 43 so‘m 95 tiyin (3-maydagi kursga nisbatan 1 so‘m 20 tiyin arzon) etib belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.