Temir va Injini qo‘l ushlashib ketayotganini ko‘rgan Osiyo sarosimaga
tushadi. U Temirni xiyonat qilganlikda ayblaydi. Biroq bu gal darhol xulosa chiqarishga
oshiqmaydi va buning tagiga yetishga qaror qiladi.
Arslon ham Temir va Inji orasida yaqinlik bor-yo‘qligini bilishga
qiziqadi.
Osiyo hech kim bilan gaplashmaslikka qaror qiladi. Qizlarining
azob chekayotganiga toqat qilolmagan Narimon xonim juda darg‘azab bo‘ladi.
Dafna esa Karim bilan qayta oila qurish taraddudida. Ammo Karimdan
darak yo‘q. Chunki uni Zafar so‘roq qilayotgan bo‘ladi bu paytda. Zafarning maqsadi
Karimni Dafnadan voz kechishga majbur qilish.
Temir bir tomondan dard bilan kurashsa, ikkinchi tomondan hijron
bilan kurashadi. Muolaja boshlaydi. Kutilmaganda Temir Osiyo bilan uchrashib qoladi.
Osiyo undan nega ketib qolganligini so‘raydi.
Temirning og‘ir dardga chalinganini eshitgan Osiyoning qalbi
vayron bo‘ladi. U darhol Istanbulga, sevgilisining yoniga qaytishga qaror qiladi.
Antakyada Suhaylo va Narimon uchrashishadi. Narimon Suhayloga
tasalli beradi.
Osiyo nima bo‘lishidan qat’iy nazar qiziga Temir otasi ekanligini
bel bog‘laydi va qizini Temir yotgan xonaga olib keladi. Haqiqatni o‘rgangan jajji ASI "Dada” deb Temirning
bo‘ynidan quchishga chog‘lanadi.
ASIning barcha
orzulari birma-bir ro‘yobga chiqadi. U otasi uchun donor bo‘ladi va uni saraton
balosidan qutqaradi.
Temir va Osiyo oradan yillar o‘tib takror nikoh stoliga o‘tirishadi.
Arslon ham o‘z yoriga qovushadi. Qo‘zjuo‘g‘lu va Dog‘anlar oilasi Arslonning
to‘yida to‘planishadi.
Temir kasalxonadan chiqish bilan qiziga va’da bergan yog‘och
uyni qurishni boshlaydi.