Tez kunda yana bir komediya kino shinavandalariga taqdim etiladi
Bugungi kunda o‘zbek kino san’ati yanada rivojlanib borayotgani sir emas. Kino shinavandalari ham bir birini takrorlamas filmlardan mamnun. Yaqinda yana bir kartinaning suratga olish ishlari yakunlandi.
"Katta odam" deya nomlangan kino komediya janrida bo‘lib, bir qator mahoratli va professional ijodkorlar mehnat qilishgan. Ijodkorlarning m’lum qilishicha, bu film o‘zgacha yo‘nalishdagi kinokartina bo‘lib, Lobar Xayrullayeva ssenariysi asosida tasvirga olingan.
Laziz Ashuraliev postanovkachi rejissyor sifatida ishlangan filmda Muhammadiso Abdulxairov, Zuhra Soliyev, Rajab Adashev, Habibullo Sunnatullaev, Nigora Karimboyeva, Anoraxon Otajonova kabi aktyorlar ishtirok etishgan.
Kartina prodyuseri Ibrohim Nurmuhammedov bo‘lib, xozircha filmning syujeti haqidagi ma’lumotlar sir saqlanmoqda. Premera esa ko‘klam bahorga mo‘ljallangan. Yaqin kunlarda "O‘zbegim Taronasi" radiosida kartina ijodkorlari bilan ijodiy suhbat tashkil etiladi. O‘tkazib yubormang!