O‘rta Osiyo davlatlari terrorchilikka qarshi birgalikda kurashadi
Mart oyining oxirlarida Qirg‘izistonning Bishkek shahrida o‘tkazilgan konferensiyada ishtirok etgan Qirg‘iziston, Tojikiston va Qozog‘istonning ichki ishlar vazirliklari qoshidagi terrorchilikka qarshi kurash departamentlari vakillari hamda soha ekspertlari diniy ekstremizm va terrorchilikka qarshi kurashda hamkorlikni yo‘lga qo‘yishning muhimligini ta’kidlab o‘tdilar.
“Forumdan maqsad terrorchilikka qarshi kurash sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash va soha mutaxassislarini bir oraga to‘plash edi”, – dedi tadbir ishtirokchilaridan biri, Qirg‘iziston ichki xavfsizlik boshqarmasi xodimi Rafiq Mambetaliev.
Tadbir chog‘ida terrorchilikka qarshi ishlab chiqilgan qonunchilikning samaradorligi, terrorchi guruhlar va tashkilotlarga qarshi qonuniy kurashish yo‘llari, mintaqa davlatlarining bu boradagi hamkorligi masalalari muhokama qilindi.