Davlat imtihonida mug‘ombirlik qilgan o‘quvchi hibsga olindi
Hindistonning shimoli-sharqida polisiya imtihondagi testlarni yechishda tayyor javoblar daftarchasidan foydalangan o‘quvchini hibsga oldi. Bu haqda “The Guardian” nashri xabar bermoqda.
Xabarda yozilishicha, Bihar shtatidagi maktab bitiruvchilari yakuniy imtihon sinovlarini topshirishlarini nazorat qilish uchun xalq maorifi vakillari ham tashrif buyurgan.
O‘tgan yili imtihon paytida ota-onalar va boshqalarning tashqaridan turib o‘quvchilarga har xil kitob va qog‘ozlarni tashlagani o‘qituvchilar va davlat ta’lim tizimi rasmiylarini noqulay ahvolga solib qo‘ygan.
Polisiya 12 yil davomida gumanitar fanlar bo‘yicha maktab imtihonlarini yuqori darajada topshirib kelgan 17 yoshli qizni bir qator tekshiruvlardan so‘ng hibsga oldi. Qizning siyosatshunoslik (“Political science”) so‘zini to‘g‘ri talaffuz qila olmagani shubhaga sabab bo‘lgan, vaholanki, u bu fanni bir qancha vaqtdan buyon o‘rganib kelgan. Bundan tashqari, o‘quvchi bu fan pazandachilikni ham o‘z ichiga olishini qo‘shimcha qilib o‘tadi.
“Biz jami 18 o‘quvchini hibsga oldik”, deydi Bihar polisiyasi vakili Manu Maharaj.
Hindistonda kam ta’minlangan oila farzandlari bitiruv imtihonlarini topshirayotganda, juda katta bosim ostida qoladilar. Chunki bu ularning kelajakda kim bo‘lishlarini hal qilib beradigan hayot-mamot masalasidir.