Avstraliyada 5 nafar o‘smir terrorchilikda ayblanmoqda
Avstraliyada 5 nafar o‘smir qo‘poruvchilik harakati tayyorlashda ayblanib qo‘lga olingan.
Reuters agentligining ma’lum qilishicha, o‘smirlar Melburn shahri polisiyasi o‘tkazgan tezkor tadbir davomida qo‘lga olingan. Shaharning janubi-sharqiy qismida tekshiruvlar davom etmoqda.
Qo‘lga olinganlarning 4tasi 18 yoshda, 1 nafari 19 yoshda. Polisiya boshqarmasi vakillarining ma’lum qilishicha, ular polisiyaga qarshi qo‘poruvchilik harakatini amalga oshirishni rejalashtirayotgani aniqlangan.