Avstraliyada baliq ovlovchi kema tasodifan Cetorhinus maximus deb ataluvchi, suv yuzasida juda kam ko‘rinadigan katta akulani tutib oldi, deb xabar bermoqda “Moya Planeta” telekanali.
Ushbu akula Bass bo‘g‘ozida tutib olindi. Ushbu akula sayyoraning eng katta, sirli va kam o‘rganilgan mavjudotlari qatoriga kiritiladi, chunki ular inson ko‘ziga kamdan-kam tashlanadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bu akulaning maksimal o‘lchami 15 metrgacha yetishi mumkin, bunda akula urg‘ochisining uzunligi erkaginikidan bir necha metrga ko‘proqni tashkil etadi. Tutib olingan akulaning uzunligi 6,3 metr ekanligi aniqlandi.
Akula Melburndagi Viktoriya muzeyiga o‘rganish uchun topshirildi. Muzey xodimlarining aytishicha, 160 yil ichida ular bor-yo‘g‘i uch marta shu turdagi akulalar bilan ishlashlariga to‘g‘ri kelgan.