Avstraliyalik futbolchi 40 metr masofadan avtogol kiritdi
Avstraliyaning “Sentral Kost Meriners” jamoasi a’zosi Joshua Rouz o‘z jamoasi darvozasiga 45 yard (40 metr) masofadan to‘p kiritib qo‘ydi. Bu voqea OChL doirasida Xitoyning “Guanchjou Fuli” jamoasiga qarshi o‘yin vaqtida sodir bo‘lgan.
O‘yinning oxirgi o‘n daqiqaligida, xitoyliklar 2:0 hisobida oldinda bo‘lib turgan vaqtda Rouz o‘z darvozaboniga to‘pni qattiqroq uzatib yuborgach, hisob 3:0 ko‘rinishiga kelgan. O‘yinning yakuniga qadar avstraliyaliklar bitta javob goli yo‘llashga muvaffaq bo‘lishgan, lekin bir o‘yindan iborat o‘tish turidan keyin OChLning guruh bosqichiga “Guanchjou Fuli” yo‘l olgan.