Qizil kartochka olmaslik uchun hakamni o‘ldirgan futbolchi 15 yilga qamaldi
23 fevral kuni boshlangan sud jarayoni yakuniga yetdi va o‘tgan yili o‘yin vaqtida qizil kartochka olishdan qutilish chorasi sifarida o‘yin hakamiga zarba bergan va uning o‘limiga sababchi bo‘lgan amerikancha futbolning sobiq futbolchisiga 15 yillik qamoq jazosi belgilandi. Bu haqda Yahoo.Sports xabar bermoqda.
Bu ko‘ngilsiz voqea 2014 yil iyun oyida, AQShning Livoniya shahrida o‘tkazilgan turnir o‘yinida sodir bo‘lgan. Voqea guvohlarining ta’kidlashlaricha, 44 yoshli hakam Jon Benevich Saadni o‘yindan chiqarib yubormoqchi bo‘lganida, Saad uni urib yuborgan. Ikki kun o‘tib, hakam shifoxonada olamdan o‘tgan. Mutaxassislarning chiqargan xulosalariga ko‘ra, hakam yerga yiqilgunga qadar hushidan ketib bo‘lgan, Saadning hakamning chap tomonidan bo‘yin sohasiga keskin urishi uning o‘limiga sabab bo‘lgan.
Bungacha 36 yoshli Saadga umrbod qamoq jazosi berilishi mumkinligi xabar qilingan edi.