Qizni zo‘rlab, vahshiylarcha o‘ldirgan chet el fuqarosi uzoq muddatga qamaldi
2004 yil moskvalik qizni kamar bilan bo‘g‘ib o‘ldirgan Moldova fuqarosi Valeriy Graur 23 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Qidiruv qo‘mitasi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lumotga ko‘ra, 2004 yil ayblanuvchi Moskvada qizni zo‘rlab, so‘ng bo‘g‘ib o‘ldirgan. Graurning Rossiya Federatsiyasi hududidan tashqaridaligi ma’lum bo‘lgach, u xalqaro qidiruvga berilgan edi. Jinoyatchi 2016 yil sentyabrda Ruminiya polisiyasi tomonidan qo‘lga olinib, Rossiyaga topshirilgan.
Moskva shahar Qidiruv qo‘mitasining ma’lum qilishicha, Valeriy Graur sud tomonidan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 2-qism, 105-bandiga (jinsiy xarakterdagi zo‘rlash va o‘ldirish) binoan aybdor deb topilgan.
Qidiruv qo‘mitasining ta’kidlashicha, 2004 yil 22 sentabr tunda erkak mast holatda Moskva ko‘chalaridan birida notanish qizni zo‘rlab, keyin o‘ldirgan va jinoyat joyidan qochib, yashiringan. Tekshiruvlar davomida Graur aybini tan olib, jinoyatga aloqadorligini isbotlovchi ko‘rsatma bergan.