AQShda pornosayt egasi 18 yilga ozodlikdan mahrum qilindi
AQShning San-Diego shahrida revenge porn (pornoqasos) deb atalgan veb-saytning egasi, 28 yoshli Kevil Bollert 18 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
Associated Press agentligining ma’lum qilishicha, Bollert sobiq qizlaridan qasos olmoqchi bo‘lgan yigitlarga murojaat qilib, ulardan qizlarning yalang‘och suratlarini va shaxsiy ma’lumotlarini olgan va saytga joylashtirgan. Rasmlarni va shaxsiy ma’lumotlarni saytdan olib tashlash evaziga Bollert qizlardan 250-350 dollar pul olgan.
Bollert shaxsiy ma’lumotlarni o‘g‘irlashda va shantaj vositasida pul tama qilishda ayblanmoqda.